Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
Dastur haqida
Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi — zamonaviy iqtisodiyotning eng talab yuqori va barqaror yo‘nalishlaridan biri.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Buxgalteriya hisobi” yo‘nalishi talabalarni zamonaviy moliya tizimi, xalqaro biznes va raqamli iqtisodiyot sharoitida samarali faoliyat yurita oladigan yuqori malakali mutaxassis sifatida tayyorlaydi.
Ta’lim jarayonida talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
- moliyaviy va boshqaruv hisobi
- audit va moliyaviy tahlil
- soliqqa tortish tizimi
- korporativ moliya
- budjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish
- xalqaro moliyaviy hisobot standartlari
- elektron hisob va raqamli moliya tizimlari
Darslar davomida talabalar real biznes jarayonlari asosida ishlash, moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, strategik qarorlar qabul qilish hamda zamonaviy moliyaviy dasturlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttiradilar.
Xalqaro imkoniyatlar
Universitetning xalqaro hamkorlik dasturlari orqali talabalar xorijda o‘qish, tajriba almashish va amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.
Hamkor universitetlar:
- Varna University of Management
- Riga Technical University
- Istanbul Aydın University
- INTI International University
- Edith Cowan University
- Gachon University
- Daegu University
- Sungshin Women's University
- Eurasian Technological University
- Suncheon National University
- Cheongju University
Talabalar uchun:
- 2+2 dasturlari
- exchange dasturlari
- winter school
- summer school
- xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlari mavjud
Bugungi kunga qadar Moliya, Bank ishi va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlarining 34 nafarga yaqin talabalari Varna University of Management, INTI International University hamda Janubiy Koreyaning bir qator universitetlarida tahsil olib, xalqaro akademik almashinuv dasturlarida qatnashmoqda.
Karyera imkoniyatlari
Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin:
- tijorat banklari
- sug‘urta kompaniyalari
- audit va konsalting tashkilotlari
- davlat moliya organlari
- xalqaro va mahalliy kompaniyalar
- soliq tizimi
- investitsion va brokerlik kompaniyalari
- elektron tijorat va fintech kompaniyalari
Bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda ishlash imkoniyatiga ega:
- buxgalter
- moliyaviy menejer
- auditor
- biznes tahlilchi
- moliyaviy analitik
- soliq mutaxassisi
- moliyaviy maslahatchi
Mutaxassislik nomi:
60410100 — Buxgalteriya hisobi
Kvalifikatsiya:
Buxgalter-iqtisodchi
Yo‘nalish yutuqlari
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Ipak yo‘li” banki bilan hamkorlikda “Fintech Innovation” markazi tashkil etilgan.
Shuningdek, universitet va O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy tashkilotlaridan biri — Octobank o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Bundan tashqari, Moliya, Bank ishi va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlari doirasida “Evolution” muzeyi tashkil etilgan bo‘lib, u talabalarning amaliy bilim, innovatsion fikrlash va professional ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga