WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
18 июняиюняиюня 2026 13 просмотров

ZAKOVAT "YOSHLAR LIGASI" 2-MAVSUMI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

2025/2026-o‘quv yili davomida Olmaliq davlat texnika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining "Yoshlar ligasi" 2-mavsum bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Bir necha oy davom etgan murosasiz va qizg‘in bahslarda jamoalar nafaqat bilim, balki mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy hamjihatlik borasida ham o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.

🇺🇿 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — "Respect" jamoasi
🥈2-o‘rin — "Diamond" jamoasi
🥉 3-o‘rin — "Erste" jamoasi

💡 Musobaqa davomida faol ishtirok etgan barcha jamoalar institutimizning intellektual salohiyati, bilimga chanqoqligi va yuksak tafakkur egalaridan iborat ekanligini yana bir bor isbotladilar.

G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning kelgusi intellektual maydonlardagi ishtirokiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

📚 Bilim — eng katta kuch!
🏆 Zakovatli yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

 

Другие новости