WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
29 июняиюняиюня 2026 10 просмотров

YOSHLAR MUVAFFAQIYATI — INSTITUTIMIZ FAXRI!

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahridagi "Nurafshon Arena" majmuasida bo‘lib o‘tgan tantanali bayram tadbirida viloyatning faol, tashabbuskor va fidoyi yoshlari munosib e'tirof etildi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar safidan Olmaliq davlat texnika instituti vakili, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ODTI boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Maxmudov Bunyodbek Ulug‘bek o‘g‘li ham munosib o‘rin oldi.

🇺🇿 Yoshlar yetakchimiz Toshkent viloyati hokimi Mirzayev Zoyir Toirovich tomonida taqdirlandi.

👥 Bu e'tirof nafaqat Bunyodbekning shaxsiy yutug‘i, balki institutimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning liderlik salohiyatini rivojlantirish va tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin natijasidir.

💙 Olmaliq davlat texnika instituti yoshlarning bilim, tashabbus va fidoyiligini eng katta boylik deb biladi hamda ularning yangi marralarni zabt etishi uchun keng imkoniyatlar yaratishda davom etadi.

🥇 Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, Bunyodbek! Sizning muvaffaqiyatingiz – institutimiz faxri!

Другие новости