WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
10 июляиюляиюля 2026 7 просмотров

“Yangi O’zbekiston” universiteti va “Peking University” hamkorlikni kengaytirmoqda

“Yangi O’zbekiston” universiteti delegatsiyasi Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — “Peking University” (PKU) da bo‘lib, universitet rahbariyati bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda PKU prezidenti Gao Song, prorektorlar Ning Qi va Huilan Duan, shuningdek matematika markazlari direktori akademik Tian Gang va akademik Zhang Jiping ishtirok etdilar.

Peking University (1898-yilda tashkil etilgan) — Xitoyning eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, dunyo miqyosida yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot markazi sifatida tan olingan. Universitet ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarni muhokama qildilar:
 
1️⃣ Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari
xalqaro akademik mobillikni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish maqsadida.

2️⃣ Qo‘shma konferensiyalar va ilmiy forumlar tashkil etish
global akademik muloqotni kengaytirish va ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish uchun.

3️⃣ Sanoat hamkorligi ishtirokidagi qo‘shma tadqiqot loyihalari
innovatsion yechimlar ishlab chiqish va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida.

Mazkur tashrif “Yangi O’zbekiston” universiteti va “Peking University” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Другие новости