WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
04 июняиюняиюня 2026 4 просмотров

“Yangi O‘zbekiston” universiteti Shveytsariyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

“Yangi O‘zbekiston” universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Azizbek Maraximovning Shveytsariyaga xizmat safari doirasida Jeneva universiteti tarkibidagi Jeneva Iqtisodiyot va menejment maktabi (Geneva School of Economics and Management) hamda "Albert School" vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida ilmiy tadqiqotlar, akademik hamkorlik, talabalar almashinuvi, rahbarlar malakasini oshirish hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
 
Tomonlar biznes tahlili, sun’iy intellekt asosida qaror qabul qilish, raqamli transformatsiya, innovatsion ekotizimlar va barqaror rivojlanish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, 2027-yildan boshlab talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuvlar “Yangi O‘zbekiston” universitetining xalqaro hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish va talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Другие новости