WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
18 октябряоктябряоктября 2024 13 просмотров

Viloyatimizning barcha OTM yetakchilari institutdagi talaba-yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqinda tanishdilar.

Forum davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti bo'ylab maxsus ekskursiya tashkil etildi. Unda viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalari yoshlar yetakchilari institutning turli bo'limlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi. Ekskursiya davomida institutda yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy sport maydonchalari, Adiblar hiyoboni, ilg'or laboratoriyalar va Talabalar departamenti namoyish etildi.

Viloyat yetakchilari institutdagi ilmiy va madaniy muhitni yaqindan ko'rishdi. Ular institutning zamonaviy laboratoriyalarida o'quv jarayonlari bilan tanishib, talabalar uchun yaratilgan sport va dam olish maskanlarini ko'zdan kechirishdi. Adiblar hiyobonidagi ijodiy va madaniy muhit ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ekskursiya ishtirokchilar uchun ulkan taasurotlarga boy bo'ldi. Yoshlar liderlari institutda yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholab, ilmiy va sport sohalarida ko'rganlarini ijobiy fikrlar bilan ta'kidlashdi. Tadbir davomida institutning yoshlarga bo'lgan e'tibori va zamonaviy infratuzilmasi alohida e'tirof etildi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Другие новости