WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
28 июляиюляиюля 2026 27 просмотров

Day of AI” loyihasining eng iqtidorli 50 nafar ishtirokchisi HKUSTda malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi

Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Day of AI” xalqaro loyihasi doirasida The Hong Kong University of Science and Technology (HKUST) universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etish uchun saralash imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Imtihonda “Day of AI” loyihasi doirasida sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 1 400 nafar informatika fani o‘qituvchilari orasidan o‘quv jarayonidagi yuqori natijalari asosida saralab olingan qariyb 400 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.
 

Saralash natijalariga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan 50 nafar o‘qituvchi QS World University Rankings 2026 reytingida dunyoning TOP-50 oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olgan The Hong Kong University of Science and Technology (HKUST) universitetida bir haftalik xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.



Mazkur tashabbus “Yangi O‘zbekiston” universiteti, MIT RAISE hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Day of AI” loyihasining navbatdagi muhim bosqichi bo‘lib, mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasida yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash, xalqaro tajribani ommalashtirish va zamonaviy AI ta’limini rivojlantirishga xizm

Другие новости