WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
02 июняиюняиюня 2026 4 просмотров

TALABA FEST — YOSHLIK, DO‘STLIK VA BIRLIK BAYRAMI!

2-iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan "Talaba Fest" festivali chin ma’noda yoshlar energiyasi, iqtidori va birdamligining yorqin namoyishiga aylandi.

Festivalda Toshkent viloyatining 18 ta oliy ta’lim muassasasidan minglab talabalar jam bo‘lib, bayramni ko‘tarinki kayfiyat, do‘stona muhit va unutilmas taassurotlar bilan nishonladilar.

🎓 Olmaliq davlat texnika instituti talabalari ham ushbu nufuzli tadbirda munosib ishtirok etib, o‘zlarining faolligi, tashabbuskorligi va yuksak kayfiyati bilan alohida ajralib turdilar.

👥 Festivalda ODTIning 100 dan ortiq talabalari qatnashib, turli madaniy-ma’rifiy, sport va ko‘ngilochar dasturlarda faol ishtirok etdilar. Ularning jo‘shqin ishtiroki institutimiz talaba-yoshlarining ijtimoiy faolligi, jamoaviyligi va yuksak ma’naviy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
 

💫"Talaba Fest" nafaqat bayram, balki turli oliygohlar talabalari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, tajriba almashish va yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Bugungi ODTI talabalari — ertangi taraqqiyot bunyodkorlari. Ular nafaqat auditoriyalarda, balki ana shunday yirik yoshlar maydonlarida ham o‘z faolligi va tashabbuskorligi bilan universitetimiz nufuzini yuksaltirmoqda.



🚀 ODTI — faol talabalar, katta imkoniyatlar va yorqin kelajak maskani!

Другие новости