Talabalar yashash sharoitlari va ularning jismoniy faolligi doimo eʼtiborda
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov 14 aprel kuni Andijon davlat chet tillari instituti talabalar turar joyida boʻlib, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda institutning yangi talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishdilar.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi direktori Adham Xudaykulov 14 aprel kuni Andijon davlat chet tillari instituti talabalar turar joyida boʻlib, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda institutning yangi talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishdilar.
Talabalar turar joyining zamonaviy infratuzilma va jihozlar bilan taʼminlanayotgani, yoshlarga yuqori sifatli, xavfsiz va barcha talablarga javob beradigan yashash sharoitlari yaratilayotgani alohida eʼtirof etildi. Bu, shubhasiz, talabalarning taʼlim sifatini oshirish, ularning samarali taʼlim olishlari va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, vazir talabalar turar joyi hududida joylashgan sport inshootlari bilan ham yaqindan tanishdi. U futbol va voleybol maydonlarini koʻzdan kechirib, talabalarning sport bilan shugʻullanishi, jismoniy faolligini oshirish muhimligini taʼkidladi.




