WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
12 мартамартамарта 2026 12 просмотров

Sinszyan Fanlar akademiyasi a’zosi universitetga tashrif buyurdi

Sinszyan Fanlar akademiyasi a’zosi, xitoylik olim Qiao Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.

Sinszyan Fanlar akademiyasi a’zosi, xitoylik olim Qiao Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Dastlab mehmonni universitet faoliyati, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng, mehmon universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro suhbatlashdi. Uchrashuv davomida hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash, bioxilma-xillikni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan fikr almashildi. Suhbat chog‘ida ikki muassasa o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, kelgusida ekologiya va bioxilma-xillikni saqlash borasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, seminar va konferensiyalar tashkil etish, shuningdek, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Другие новости