WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
23 июняиюняиюня 2026 26 просмотров

Qarshi davlat texnika universiteti delegatsiyasining Xitoydagi

Qarshi davlat texnika universiteti delegatsiyasining Xitoydagi Tiangong universitetiga amalga oshirayotgan xizmat safari davom etmoqda.

Qarshi davlat texnika universiteti delegatsiyasining Xitoydagi Tiangong universitetiga amalga oshirayotgan xizmat safari davom etmoqda.

Tashrif doirasida dastlab har ikki oliy taʼlim muassasasi hamkorligida tashkil etilayotgan Intellektual aloqa texnologiyalari boʻyicha qoʻshma tadqiqot markazining ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari hamda masofaviy taʼlim tizimida qoʻllanilayotgan zamonaviy qurilmalar va ularning integratsiya jarayonlari boʻyicha o‘zaro muloqot olib borildi.

QarDTU rektori Sherzod Neʼmatov, oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Sanjar Toshtemirov hamda xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Asadbek Gʻaniyevdan iborat delegatsiya Tiangong universitetining Kimyo muhandisligi fakulteti faoliyati bilan ham tanishdi. Zamonaviy kimyoviy laboratoriyalar imkoniyatlari oʻrganilib, taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash hamda dual taʼlim tizimini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha tajriba almashildi.

Shuningdek, delegatsiya Toʻqimachilik muhandisligi fakultetining ilmiy-tadqiqot salohiyati, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalari va taʼlim jarayoni bilan tanishdi.

Fakultet professor-oʻqituvchilari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif dasturining keyingi bosqichlarida ikki universitet oʻrtasida ustuvor taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, hamkorlikda dars mashgʻulotlarini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Другие новости