WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
24 июняиюняиюня 2026 8 просмотров

ODTI IXTIROCHILARI YANGI MARRALAR SARI!

🏆 Olmaliq davlat texnika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari yana bir muhim yutuqqa erishdilar!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan

“Kelajak muhandislari” tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” va "Eng yaxshi loyiha" yo‘nalishlarida institutimiz jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlovning navbatdagi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.



💡 Bu natija — ODTIda ilm-fan, innovatsiya va muhandislik tafakkurini rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasi, yoshlarning ilmiy salohiyati va ustozlarimizning fidokorona mehnatining yorqin e’tirofidir.

🎉 Mazkur yutuq munosabati bilan institut rektori U. Xalikulov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor S. Parmanov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Razzaqov g‘oliblar bilan uchrashib, ularni samimiy tabrikladilar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar.

💬 Uchrashuv davomida tanlovning keyingi bosqichlarida yanada yuqori natijalarga erishish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish va yakuniy g‘oliblikni qo‘lga kiritish yo‘lida institut rahbariyati tomonidan barcha zarur tashkiliy, ilmiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi alohida ta’kidlandi.

🪧 Bugun ODTI nafaqat bilim berayotgan, balki yangi g‘oyalar, innovatsion yechimlar va kelajak texnologiyalarini yaratayotgan yosh ixtirochilar maktabiga aylanmoqda.

🔻 G‘oliblarimizga tanlovning navbatdagi bosqichlarida ulkan muvaffaqiyat, yangi yutuqlar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Olmaliq davlat texnika instituti — innovatsiyalar, ixtirolar va muhandislik tafakkuri markazi!
ODTI da har bir yutuq qadrlanadi, har bir iqtidor e’tirof etiladi va har bir g‘alaba yuksak baholanadi!

Другие новости