23 июляиюляиюля 2026
6 просмотров
“Yangi O‘zbekiston” universiteti va Garvard Tibbiyot Maktabi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
“Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillari Harvard Medical School rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun qisqa muddatli executive ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, tibbiy ta’limda simulyatsion o‘qitish metodlarini joriy etish, klinik va sog‘liqni saqlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash va oliy ta’lim yo‘nalishlarida rahbar va mutaxassislar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.