WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
16 октябряоктябряоктября 2024 4 просмотров

NamMTIda Amerika grantlarini yutish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan hamkorlikda "Study opportunities in the US" mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda talabalar Amerika universitetlarida o'qish imkoniyatlari, qabul jarayonlari, grantlar yutish shartlari haqida batafsil ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Seminar davomida AQShda o'qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun zarur bo'lgan hujjatlarni tayyorlash jarayonlari hamda OTM moddiy texnik bazasini yaxshilash bo'yicha qo'shma loyihalar to'g'risida tushuntirildi.

Xorijiy grant va xalqaro loyihalarni yozishda qanday qadamlar qo'yilishi, qanday imkoniyatlardan foydalanish mumkinligi haqida elchixona vakillari muhim tavsiyalar berib o'tdilar.

Ma'lumot uchun bugungi kunda Namangan muhandislik-texnologiya instituti AQShning 10 ga yaqin OTM va xalqaro ta'lim tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu seminar o'zaro hamkorlikning navbatdagi muhim bosqichlaridan biri bo'lib, institut talabalari va professor-o'qituvchilari uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Другие новости