NamMTI koordinatori III Xalqaro Asal Festivalida taqdirlandi.
Joriy yilning 1-3 noyabr kunlari Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida III "Xalqaro Asal festivali"ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Nuritdinov so‘zga chiqib, festivalning Namanganning yangi tashrif qog‘oziga aylanayotganini alohida ta'kidladi.
Festivalda 50 dan ortiq mahalliy va qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan asalchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilarga minnatdorchilik sifatida tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabasi Isoqjonov Abdulloh ham o‘z jamoasi bilan ushbu tadbirda faol ishtirok etib, estalik sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Festival jarayonida ko‘plab mehmonlarga xizmat ko‘rsatgan volontyorlarning o‘zlari ham minnatdorchilik e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati