Namangan muhandislik-texnologiya institutida "Yashil makon" dasturi doirasida daraxt ekish aksiyasi boshlandi.
Tabiatni asrash va yashil muhitni kengaytirishga qaratilgan “Yashil Makon” dasturi bugun institutimizda o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Tadbirda Kimyo-texnologiya fakulteti tashabbusi bilan institut hududida bir qator manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu aksiya institutimiz rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirokida tashkil etildi, bu esa loyiha ahamiyatini yana bir bor ta’kidlab, uni yuqori darajada amalga oshirishga undamoqda.
Rektor Odiljon Mamatkarimov aksiya davomida yoshlarimizning ekologik ongini oshirish, yashil hududlarni kengaytirish va har bir fuqaro uchun toza, sog‘lom muhit yaratish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Ma'lumot uchun “Yashil Makon” dasturining kuzgi mavsumida institut hududida jami 2650 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Yashil kelajak sari qo‘yilgan qadam - tabiat va jamiyat oldidagi mas’uliyatimizni his qilib, barcha talaba va xodimlarni ushbu harakatga qo‘shilishga chaqiramiz!
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati