WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
28 октябряоктябряоктября 2024 14 просмотров

Namangan muhandislik-texnologiya institutida Liberty va Pittsburg universitetlari mutaxassislari bilan "Coffee Talk" uchrashuvi o'tkazildi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida Amerika mutaxassislari ishtirokida qiziqarli "Coffee Talk" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Liberty universitetining Axborot resurs markazi mutaxassisi David Leffler hamda Pittsburg universiteti ilmiy tadqiqotchisi Jacqueline Sharp institut professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan samimiy muloqotda bo‘lishdi.

Mazkur uchrashuv davomida mehmonlar AQShdagi oliy ta’lim tizimi, ilmiy tadqiqotlar olib borishdagi zamonaviy usullar va innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, axborot resurs markazlarining rivoji, raqamli bilimlarni oshirish va global ilmiy hamkorlik imkoniyatlari haqida qiziqarli fikrlar bildirildi.

Institut jamoasi va talabalari amerikalik mutaxassislar bilan tajriba almashish, o‘z bilimlarini mustahkamlash va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan bog‘lanish yo‘lida muhim qadam tashladilar. Bunday muloqotlar kelgusida Namangan muhandislik-texnologiya instituti uchun xalqaro aloqalarni rivojlantirishga katta turtki bo‘lishiga ishonamiz.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Другие новости