WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
21 октябряоктябряоктября 2024 12 просмотров

Muhandislik ta’limi rivoji yo‘lida: Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Olmaliq Muhandislik maktabida.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ularning sanoat hamkorlari 18, 19, 21 va 22-oktyabr kunlari Olmaliq Muhandislik maktabiga tashrif buyurmoqda. Ushbu tashrif davlat rahbarining muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘iga muvofiq amalga oshirilib, ta’lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, professor Odiljon Mamatkarimov ham Olmaliq shahridagi Muhandislik maktabiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida rektor Olmaliq Muhandislik maktabida yaratilgan ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

Muhandislik maktabi ta’lim jarayonida ilg‘or o‘quv dasturlari va amaliy loyihalar orqali talabalarni sanoat talablariga mos tarzda tayyorlash borasida katta yutuqlarga erishmoqda. Ushbu integratsiya ham Namangan muhandislik-texnologiya institutining tajribasiga singdirilishi va kelajakda sanoat bilan ta’lim o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu tashrif Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Olmaliq Muhandislik maktabi o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lida ilk qadam bo‘lib, bu yo‘ldagi sa’y-harakatlar kelgusida muhandislik sohasidagi yutuqlarga olib kelishi kutilmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Другие новости