WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
19 маямаямая 2026 7 просмотров

Milliy qadriyat — jamiyat ma’naviy tayanchi!

🎓 Olmaliq davlat texnika institutida talaba-qizlar o‘rtasida “Maromiylik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida milliy qadriyatlar va an’analar, ommaviy madaniyat orqali kirib kelayotgan zid g‘oyalarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri hamda yoshlar ongini asrash masalalari keng muhokama qilindi.

💬 Suhbat davomida:
✔️oilada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish,
✔️ milliy an’analarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni,
✔️ yoshlar ma’naviyati va qadriyatlar tarbiyasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

🌎 Tadbirning eng ahamiyatli jihati — talaba-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash, ichki kechinmalarini san’at orqali ifoda etish va stressni kamaytirishga qaratilgan art-terapiya mashg‘ulotlari bo‘ldi.

🎨 Ochiq muloqot jarayonida talaba-qizlar o‘z hayotiy maqsadlari, ichki hissiyotlari va ruhiy kechinmalari haqida samimiy fikr almashdilar. Mutaxassislar tomonidan stressni boshqarish, ijobiy fikrlashni shakllantirish hamda art-terapiyaning inson ruhiyatidagi ahamiyati bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

📑 Eng muhimi — tadbir o‘z maqsadiga erishdi: talaba-qizlar qalbida o‘ziga bo‘lgan ishonch, milliy qadriyatlarga hurmat va hayotga ijobiy qarash yanada mustahkamlandi.

Olmaliq davlat texnika instituti — nafaqat bilim, balki yuksak ma’naviyat maskani!

Другие новости