WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
12 мартамартамарта 2026 12 просмотров

Energetika sohasida hamkorlik: “ACWA Power Wind Karatau” XK MChJ delegatsiyasi bilan uchrashuv

Talaba-yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatini rivojlantirish, ularni yirik xalqaro kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Fizika fakulteti Energetika muhandisligi, Elektr texnikasi va metrologiya kafedralari tashabbusi bilan “ACWA Power Wind Karatau” XK MChJ delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Talaba-yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatini rivojlantirish, ularni yirik xalqaro kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Fizika fakulteti Energetika muhandisligi, Elektr texnikasi va metrologiya kafedralari tashabbusi bilan “ACWA Power Wind Karatau” XK MChJ delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda kompaniya tomonidan HDEC E&S menejeri Khursheed Amur, QA/QC sifat muhandisi Mumtaz Ali, HSE menejeri LUO Yipeng, loyiha rahbari J. Gadoev hamda kompaniyaning bir qator mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbirni universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori T. Nurimbetov olib bordi. Uchrashuv davomida kompaniya mutaxassislari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan 200 MVt quvvatli “Nukus-2” shamol elektr stansiyasi hamda 100 MVt·soatli energiya saqlash tizimi loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, loyihalarning texnik xususiyatlari, xavfsizlik talablari va zamonaviy energetika sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj haqida taqdimot o‘tkazildi.

Другие новости