WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
07 апреляапреляапреля 2025 47 просмотров

Andijon davlat chet tillari isntituti delegatsiyasi Fransiyada bo'lib qaytdi

Andijon davlat chet tillari instituti rektori bir qator OTM vakillari bilan birga Fransiyda o'tkazilgan Konferensiyada ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lib qaytdi.

Ushbu tashrif doirasida Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi” mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Fransiyaning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shu qatorda Andijon davlat chet tillari instituti ham ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Fransiya Oliy ta’lim va tadqiqotlar vazirligi Yevropa va xalqaro departamenti boshlig‘i Maniel Boire ochib berdi.

Konferensiya doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha Fransiyaning qator universitetlari bilan hujjatlar imzondi.

 

 

Другие новости