27 апреляапреляапреля 2026
11 просмотров
☑️ Chirchiq davlat pedagogika universitetida Toshkent viloyati OTMlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Musobaqa o‘ziga xos shartlar asosida tashkil etilib, jamoalar chaqqonlik, epchillik va jamoaviy uyg‘unlikda o‘zaro bellashdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar, kuchli raqobat tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi.
➡️ Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – CHDPU hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2-o‘rin – ODTI
3-o‘rin – "Cyber university" davlat universiteti
4-o‘rin – TDTU (ChF)
5-o‘rin – TDAU
6-o‘rin – SDBTU jamoalari
🔻 G‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplomlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.