WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
22 июняиюняиюня 2026 10 просмотров

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Qozog‘istonning "Startacxo" tashkiloti vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Qozog‘iston Respublikasining "Startacxo" tashkiloti direktori Ruslan Kalimullin bilan uchrashuv tashkil etildi. Dastlab mehmon universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning yetakchilik salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida suhbatlashdi.

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Qozog‘iston Respublikasining "Startacxo" tashkiloti direktori Ruslan Kalimullin bilan uchrashuv tashkil etildi. Dastlab mehmon universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning yetakchilik salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida suhbatlashdi. Uchrashuv davomida zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak liderlarni tayyorlash, talabalarning yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va innovatsion ta’lim yondashuvlarini o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yangi pedagogik metodikalar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi. Tadbir davomida tomonlar o‘z faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berib, ta’lim va yoshlar taraqqiyoti yo‘nalishida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar sifatida tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Другие новости