WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
04 маямаямая 2026 13 просмотров

Ajdodlar xotirasi — ilhom, bunyodkorlik esa — bizning yo‘limiz!

✔️ Olmaliq davlat texnika instituti Energetika va mashinasozlik fakulteti talabalari “Ajdodlar xotirasi yodimizda” hamda “Bunyodkorlik yo‘lida” shiori ostida Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni va Adiblar hiyoboniga tashrif buyurishdi. Bu tashrif — shunchaki sayohat emas. Bu — tarix bilan yuzma-yuz uchrashuv, buyuk ajdodlarimiz merosidan kuch olish va kelajak uchun mas’uliyatni yanada chuqur his etishdir.

📚 Adiblar hiyobonida millatimizning ulug‘ ziyolilari xotirasiga hurmat bajo keltirgan yoshlar, Mustaqillik maydonida esa Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashgan avlod ekanliklarini yana bir bor namoyon etdilar.

🚀 Bugunning bilimli va fidoyi talabalari — ertangi bunyodkorlar!
Ular tarixdan ilhom olib, kelajakni qurishga qat’iy bel bog‘lashmoqda.

Другие новости