WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
21 октябряоктябряоктября 2024 4 просмотров

“Adiblar xiyoboni”da “Til bayrami – el bayrami, ijod bayrami!” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 21-oktabr kuni, mamlakatimizda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan Namangan shahridagi “Adiblar xiyoboni”da “Til bayrami – el bayrami, ijod bayrami!” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ta'lim sohasi vakillari, OAV, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari bir joyda yig‘ilib, O‘zbek tilining ahamiyati va uning rivojlanishi yo‘lidagi muhim yutuqlarni ta’kidladilar.

Mazkur tadbirda Namangan muhandislik-texnologiya institutining birinchi prorektori Ma'rufjon Qayumov boshchiligidagi institut vakillari ham munosib ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular o‘zbek tilining taraqqiyotida va yosh avlodni ona tili bilan tanishtirishda institutning roli va majburiyatlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar, hikoyalar va boshqa ijodiy chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilar tilimizni ulug‘lash va uning go‘zalligini saqlash maqsadida birgalikda ishlashga chaqirildi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Другие новости