Наманганский государственный технический университет
Инженерия транспортных средств
О программе
70711400– Transport vositalari muhandisligi mutaxassisligi.
Tavsif:
70711401 - Transport vositalari muhandisligi - "Muhandislik ishi" ta'lim sohasidagi mutaxassislik bo'lib, u barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish;
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida avtomobil transportini ishlatish, ularga texnik xizmat ko'rsatish, diagnostikalash va ta'mirlash hamda
avtotransport korxonalarida kompleks masalalarni hal etish, shuningdek, avtomobil transportini rivojlantirish, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko'nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Mutaxassislik bo'yicha fan, texnika, texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo'shimcha o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
zamonaviy axborot texnologiyalar tizimidan foydalanib ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish;
ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish;
bajarilayotgan ish rejasini tuzish va bu ishni nazorat qilish, ishni bajarish uchun zarur bo'lgan resurslarni rejalashtirish, o'z ishining natijalarini baholash;
ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong'in, texnika va mehnat xavfsizligini talablariga mosligini monitoring qilish;
kasbiy etika qoidalarigi rioya qilish;
Informatsion xizmat ko'rsatish;
Mehnatni tashkil qilish, metrologik ta'minot va texnik nazorat qilish;
Zamonaviy texnik vositalardan foydalanib zaruriy loyihalarni bajarish;
Kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi jarayonida hosil boʻladigan yangi masalalarga tez moslashish uchun olingan nazariy bilimlarni qoʻllay olish, zarur hollarda tezkor qarorlar qabul qilish;
Ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va tizimlashtirish;
Axborot texnologiyalari uchun algoritmlarni ishlab chiqish va tadqiq etish;
Tizimli va amaliy dasturiy ta'minot mahsulotlarini, dasturlar majmuasini, algoritmik va dasturlash tillarini o'rganish.
70711401 - Transport vositalari muhandisligi mutaxassisligi bitiruvchilari professional ta'lim muassasalarida, ta'limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o'qitish bo'yicha pedagogik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega boʻladi.
loyiha-tahliliy:
transport korxonalaridagi texnik vositalarni loyihalash-konstruktorlik ishlarini o'rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo'llash;
ishlab chiqarish korxonalarida loyihalash-texnologik ishlarini o'rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo'llash;
transport korxonalarida qo'llaniladigan jihozlari bo'yicha loyihalash-konstruktorlik va loyihalash-texnologik ishlarini to'liq bajarish ko'nikma va malakasiga ega bo'lish;
ishlab chiqarish korxonalarida loyihalash-texnologik ishlarini o'rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo'llash;
ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlarida hamda ishlab chiqarish korxonalarida loyihalash bo'yicha loyihalash-konstruktorlik ishlarini bajarish va ularni qo'llash tajribasiga ega bo'lish;
transport korxonalarini loyihalash bo'yicha loyihalash-konstruktorlik ishlarini hozirgi qo'yilgan talablar nuqtai nazaridan zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni qo'llab bajarish ko'nikmasi va tajribasiga ega bo'lishi.
ilmiy-tadqiqot:
Ilmiy faoliyat ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o'zlashtirilishini, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta'lim muassasalarida traktorlar va qishloq xo'jalik mashinalari sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim.
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilishga bo'lgan talablar:
mustaqil tadqiqotchilik faolyatining amaliy ko'nikmalarini hosil qilishi:
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o'tkazish.
tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko'nikmalarni shakllantirish;
talabalarga soha bo'yicha fan, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo'llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko'nikmasini singdirishi lozim.
Ilmiy pedagogik ishlar:
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o'quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko'nikmalarini shakllantirish;
o'quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta'minlashni tashkil etish uquvi va ko'nikmalarini hosil qilishi lozim.
Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish faoliyatida:
tizimlar, texnologik jarayonlar, ularning elementlari va texnologik hujjatlarni ishlab chiqishda ijrochilar jamoasi tarkibida ishtirok etish;
ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish;
texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilish;
ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali usullarini tanlash va qo'llash;
pullik ta'lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish;
ixtisoslikka mos mavzu bo'yicha turli xizmatlarni ko'rsatish.
Mazkur ta’lim dasturida siz kunduzgi yo‘nalishda 4 semestir (2 yil) davomida jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 1800 soat.
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash: 900 soat.
Ilmiy-pedagogik ish : 600 soat.
Ilmiy amaliyot (tajriba ortitish) 300 soat.
Jami 3600 soatni tashkil qiladi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
30 |
1 – 3 |
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash Davlat attestasiyasi |
|
Ilmiy amaliyot (tajriba ortitish) |
5 |
2-4 |
|
|
Attestatsiya |
9 |
1 – 3 |
|
|
Ilmiy-pedagogik ish desertasiya himoyasi |
29 |
2-4 |
|
|
Ta’tillar |
25 |
1 – 5 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
2 |
1,2 |
|
|
Jami |
100 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Magistrlar tayyorlashda ilmiy amaliyot 2 va 4-semestrlarda oʻtkaziladi. Bunda soha bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish; fan, soha hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish; sohaga tegishli amaliy, kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish; kasbga samarali moslashuv imkoniyatlarini ta'minlashi lozim. Bunda tajriba ilmiy amaliyotga yuborilgan magistratura talabasi oʻquv jarayoni jadvalini individual grafik asosida bajarilishi ko'zda tutiladi.
- Magistrlar bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi.
Похожие программы
Андижанский государственный технический университет
Mashinasozlik texnologiyasi
8 968 000 so'm
в год
Андижанский государственный технический университет
Медико-биологические приборы, системы и комплексы (по областям применения)
8 968 000 so'm
в год
Ташкентский государственный аграрный университет
Логистика
15 160 000 so'm
в год
Наманганский государственный технический университет
Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish
13 000 000 so'm
в год
Наманганский государственный технический университет
Transport logistikasi
13 000 000 so'm
в год
Андижанский государственный технический университет
Transport logistikasi
9 700 000 so'm
в год