WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Наманганский государственный технический университет

Организация дорожного движения: организация дорожного движения на автомобильном транспорте

Бакалавр Очная 4 год

О программе

6104200 - Yo‘l harakatini tashkil etish ta'lim yo‘nalishi.

Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi – 6104200-Yo‘l harakatini tashkil etish ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Yo‘l harakatini tashkil etish, transport oqimlarini boshqarish, transportlarning xavfsizligini baholash, transport korxonalarida harakat xavfsizligi faoliyatini tashkil etish, yo‘l-transport xodisalari va baholash ekspertizalarini tahlil etish, transportdan unumli foydalanishga va harakat xavfsizligini ta'minlashga yo‘naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari va yo‘llari bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

 Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:

Yo‘l harakati faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish. Yo‘l harakati jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora tadbirlarni va resurslarini rejalashtirish. Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish va monitoringini olib borish. Yo‘l harakatini tashkil etishda texnik vositalar va avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llay olish. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida tashish jarayonlarini nazorat qilish. Transport va piyodalar oqimlarini xavfsiz va sifatli boshqarish. Yo‘l harakatini boshqarish jarayonini tashkil qilish. Bajarayotgan faoliyati boʻyicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash; Yo‘l harakatini tashkil etishda atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish.

loyiha-tahliliy:

Yo‘llar va sun'iy inshootlarining harakat xavfsizligi qismi boʻyicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish. Transport sohasida yo‘l harakati xavfsizligi jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni loyihalash. Yo‘llar va sun'iy inshootlari loyihalarini o‘rganish hamda ularning harakat xavfsizligiga mosligi bo‘yicha xulosalar berish. Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida harakatni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish. Yo‘l harakati xavfsizligi jarayonining, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi boshqaruv-texnologik loyihalarini yaratish. Yo‘l harakatini tashkil etish sohasida samarador yo‘nalishlar loyihalarini yaratish.

ilmiy-tadqiqot:

ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda sohaga oid mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etish. Internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va toppish. Yo‘l harakatini tashkil etish va boshqarishga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot yutuqlarini o‘rganish. Kasbiy faoliyat ob'ekti yo‘nalishiga mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy-tadqiqot loyihalarini o‘rganish. Ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda eksperemental tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalariga ishlov berish, baholash va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish. Ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish. Tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etishda qatnashish va ma'lumotlarni jamlash, qayta tayyorlash, mavzu boʻyicha ilmiy ma'lumotlarni tizimli tahlil qilish.

Axborot-tahliliy faoliyatida:

Axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanish, tuzatish va yo‘l harakatiga xizmat ko‘rsatish. Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida harakat xavfsizligini ta'minlashda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsata olish. Amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan texnika vositalaridan foydalanish. Yo‘l harakatni tashkil etish va boshqarishda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologik tadbirlarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish. Yo‘l harakatni tashkil etish bo‘yicha to‘liq hajmdagi zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis sifatida mustaqil amaliy faoliyatni amalga oshirish. Yo‘l harakatni tashkil etish bo‘yicha loyihalar samaradorligini baholash. Axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash. Boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz kunduzgi yo‘nalishda 8 semestir (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

Jami auditoriya soati: 6180 soat.

Malkaviy amaliyot: 1020 soat.

Davlat attestatsiyasi: 180 soat.

Fakultativ mashg‘ulot (Sog‘lom turmush tarzi) 240 soat.

Jami 7200 soatni tashkil qiladi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

103

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

19

5-8

Attestatsiya

14

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

8

Ta’tillar

57

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

4

1,3,5,7

GPA ko‘rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

204

   

Qo‘shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi.

Похожие программы