Наманганский государственный технический университет
Работа по продажам (по видам)
О программе
60411300 – Savdo ishi
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Tavsif:
Ushbu ta’lim yo‘nalishi “Biznes, boshqaruv va huquq” ta’lim sohasiga oid bo‘lib, turli mulk shakllariga tegishli tarmoq va sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish-iqtisodiy va tahlil xizmatlarini qamrab oladi. Yo‘nalish tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirish, ularning istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikma va mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Kasbiy faoliyat sohalari va obyektlari:
Davlat va nodavlat tashkilotlar, korxonalar va muassasalar, kompaniyalar, ishlab chiqarish birlashmalari; iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi hamda natijadorligini oshirish jarayonlari; davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari; tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari; firmalar va kompaniyalarni boshqarish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari.
Kasbiy faoliyat turlari:
Ilmiy-tadqiqot faoliyati: iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish; iqtisodiy axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish; ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni tashkil etish; tadqiqot natijalari va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda qatnashish.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning savdo faoliyatini rejalashtirish, hisob-kitob va tahlil qilish; istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqish; savdo faoliyatini oqilona tashkil etishda mahalliy va xorijiy tajribani o‘rganish; savdo faoliyati monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish; boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Axborot-tahliliy faoliyat: tashqi va ichki muhit omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish; ichki axborot tizimini yaratish va boshqarish; ma’lumotlar bazasini yuritish; loyihalar samaradorligini baholash; bozor konyunkturasining o‘zgarish tendensiyalari va dinamikasini tahlil qilish; marketing, savdo, moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish va sharhlash.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati: tovar va xizmatlar bozorida savdo faoliyatini va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish; ulgurji va chakana savdoni tashkil etish; savdoda marketing tamoyillarini tatbiq etish; iste’mol talabini o‘rganish, tahlil qilish va prognozlash; merchendayzing, savdo reklama vositalari, elektron tijorat va raqamli marketing strategiyalarini joriy etish; savdo korxonalarida brend yaratish va rivojlantirish.
Tadbirkorlik faoliyati: tijorat-vositachilik faoliyatini amalga oshirish; chakana savdo, ulgurji savdo, logistika va ombor xo‘jaligi faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish; internet savdo xizmatlarini ko‘rsatish; elektron savdo maydonchalarini tashkil etish va boshqarish.
Mazkur ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgan taqdirda, professional ta’lim muassasalarida vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’lim muddati va o‘quv yuklamasi
Ta’lim shakllari: kunduzgi, kechki
Kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat dasturining me’yoriy muddati: 4 yil.
Ta’lim tizimi: kredit-modul tizimi.
Jami: 7200 soat, 240 kredit.
Fanlar katalogi bo‘yicha jami yuklama: 6300 soat, 210 kredit.
Malakaviy amaliyot: 900 soat, 30 kredit, 8-semestr.
Yakuniy davlat attestatsiyasi: 8-semestr.
Kvalifikatsiya: savdo iqtisodchisi.
|
T/r |
O‘quv jarayonining tarkibiy qismi |
Soat |
Kredit |
Semestr |
|
1 |
Majburiy fanlar |
4500 |
150 |
1–6 |
|
2 |
Tanlov fanlari |
1800 |
60 |
3–7 |
|
3 |
Fanlar katalogi bo‘yicha jami |
6300 |
210 |
1–7 |
|
4 |
Malakaviy amaliyot |
900 |
30 |
8 |
|
5 |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
— |
— |
8 |
|
|
HAMMASI |
7200 |
240 |
|
Malakaviy amaliyot turlari:
- O‘quv-tanishuv amaliyoti
- Ishlab chiqarish amaliyoti
- Bitiruv oldi amaliyoti
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
- Malakaviy amaliyot umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish hamda tegishli ko‘nikma, kompetensiya va malakalarni shakllantirishga qaratiladi.
- Ta’lim yo‘nalishi Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasiga mos keladi.
Похожие программы
Amerika texnologiyalar universiteti
Бизнес и технологии
61 600 000 so'm
в год
Наманганский государственный технический университет
Управление.
14 000 000 so'm
в год
Университет Вебстер в Ташкенте
Бизнес-администрирование
62 937 500 so'm
в год
Университет Пучон в городе Ташкент
Управление бизнесом
43 891 200 so'm
в год
Amerika texnologiyalar universiteti
Международные отношения и дипломатия
61 600 000 so'm
в год
Каршинский государственный технический университет
Управление.
13 200 000 so'm
в год