Наманганский государственный технический университет
Охрана труда и техническая безопасность
О программе
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (Magistratura)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi – fan, texnika, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy ilmiy-uslubiy, tashkiliy va boshqaruv asoslarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan. Dastur magistrantlarda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi zamonaviy nazariyalar, xalqaro va milliy me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi hamda innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha yuqori darajadagi bilim va kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim dasturi ishlab chiqarish jarayonlaridagi xavfli va zararli omillarni ilmiy asosda aniqlash, ularni baholash, kasbiy risklarni tahlil qilish va boshqarish, mehnat sharoitlarini optimallashtirish hamda xavfsiz mehnat muhitini loyihalash va boshqarish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni qamrab oladi. Shuningdek, sanoat xavfsizligi, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ekologik xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarda boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, zamonaviy monitoring, audit va nazorat usullarini qo‘llash bo‘yicha amaliy hamda ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Dastur doirasida magistrantlar mehnat muhofazasi tizimlarini strategik boshqarish, ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlar ishlab chiqish, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kasb kasalliklari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish kompetensiyalarini egallaydilar.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
ishlab chiqarish: sanoat korxonalari, qurilish, transport, energetika, neft-gaz, kimyo, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa tarmoqlardagi tashkilotlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi tizimlarini strategik boshqarish, rivojlantirish va takomillashtirish; mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha rahbar, bosh mutaxassis, ekspert, auditor yoki maslahatchi sifatida professional faoliyat yuritish; ishlab chiqarish jarayonlaridagi xavfli va zararli omillarni kompleks tahlil qilish, kasbiy risklarni identifikatsiya qilish, baholash va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish; mehnat muhofazasi, sanoat, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hamda me’yoriy-texnik hujjatlar, ichki standartlar va boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va amaliyotga tatbiq etish; mehnat muhofazasi sohasida monitoring, audit va ichki nazoratni tashkil etish hamda ularning natijalari asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining sabablarini ilmiy asosda tahlil qilish, ularning oldini olishga qaratilgan innovatsion tashkiliy va texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish; mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish hamda soha bo‘yicha loyiha va dasturlarni boshqarish
loyiha-tahliliy: korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sanoat va yong‘in xavfsizligi boshqaruv tizimlarini loyihalash, joriy etish, takomillashtirish va ularning samaradorligini baholash; ishlab chiqarish jarayonlari hamda mehnat sharoitlarining xavfsizlik holatini kompleks tahlil qilish, kasbiy xavflarni identifikatsiya qilish, modellashtirish, baholash va boshqarishning zamonaviy usullarini qo‘llash; xavflarni kamaytirish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan innovatsion texnik, texnologik hamda tashkiliy yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sanoat va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyiha hujjatlari, me’yoriy-texnik hujjatlar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, xavfsizlik dasturlari va kompleks chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish; yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish uskunalari va texnologik jarayonlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligini ilmiy asosda baholash, texnik ekspertiza va auditlarni tashkil etish hamda ularning natijalari asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish; mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi sohasida innovatsion loyiha va dasturlarni boshqarish, ularning samaradorligini baholash hamda ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etish.
ilmiy-tadqiqot: mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy metodologiyalar asosida rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish; ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilish, umumlashtirish, baholash hamda ularni ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etish; ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni kompleks identifikatsiya qilish, monitoring qilish, modellashtirish va risklarni ilmiy asosda baholash; mehnat sharoitlarini takomillashtirish, kasbiy xavflarni boshqarish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar, usullar va boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini baholash; mehnat muhofazasi sohasida raqamli texnologiyalar, axborot tizimlari, avtomatlashtirilgan monitoring va intellektual nazorat vositalaridan foydalanish, ularni takomillashtirish hamda ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish; zamonaviy o‘lchash vositalari va ilmiy tadqiqot usullarini tanlash, mehnat muhiti parametrlarini eksperimental tadqiq etish, olingan natijalarga statistik ishlov berish, ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; ilmiy loyihalar, grantlar va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, ularning natijalarini ilmiy nashrlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy platformalarda taqdim etish.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.
Jami auditoriya soati: 900 soat
Ilmiy faoliyat: 1800 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
45 |
1 – 3 |
Magistrlik dissertatsiya ishini himoya qilish |
|
Ilmiy amaliyot (stajirovka) |
8 |
4 |
|
|
Attestatsiya |
12 |
1 – 4 |
|
|
Davlat attestatsiyasi |
4 |
4 |
|
|
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash |
7 |
4 |
|
|
Ta’tillar |
21 |
1 – 4 |
|
|
Kredit ta’limi tizimiga kirish |
3 |
1-3 |
|
|
Jami |
100 |
|
|
Qo‘shimcha izoxlar:
1. kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
2. Kurs loyiha, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta’lim soatlaridan 30 akademik soatni ajratgan holda 1 kredit beriladi.
3. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.
4. Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarida o‘tkaziladi.
Похожие программы
Андижанский государственный технический университет
Менеджмент
12 000 000 so'm
в год
Ташкентский государственный аграрный университет
Маркетинг
15 160 000 so'm
в год
Бухарский государственный технический университет
Менеджмент
14 400 000 so'm
в год