WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Наманганский государственный технический университет

Сейсмостойкость зданий и сооружений

Магистр Очная 2 год

О программе

70730306 – Bino va inshootlar zilzilabardoshligi

 

Tavsif:

70730306 – Bino va inshootlar zilzilabardoshligi magistratura mutaxassisligi arxitektura va qurilish sohasiga mansub bo‘lib, seysmik faol hududlarda barpo etiladigan turar-joy, jamoat, sanoat binolari hamda muhandislik inshootlarini loyihalash, hisoblash, qurish, rekonstruksiya qilish, texnik holatini baholash va seysmik xavfsizligini ta’minlash sohalari uchun yuqori malakali ilmiy-pedagogik va muhandis kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

Mazkur mutaxassislik doirasida binolar va inshootlarning dinamik hisoblari, konstruksiyalarning mustahkamligi va ishonchliligi, inshootlarning xususiy tebranish shakllari, seysmik ta’sirlar tahlili, seysmik izolyatsiya va energiya yutuvchi tizimlar, temirbeton, metall va kompozitsion konstruksiyalarning zilzilabardoshligini baholash hamda takomillashtirish masalalari chuqur o‘rganiladi.

Shuningdek, magistratura ta’lim dasturi ETABS, LIRA-SAPR, ANSYS, ABAQUS va BIM texnologiyalari hamda boshqa zamonaviy hisoblash va modellashtirish dasturlaridan foydalangan holda muhandislik tahlillarini amalga oshirish, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, normativ hujjatlar asosida konstruktiv yechimlarni ishlab chiqish va qurilish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradi.

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr faoliyatlarining sohalari, ob’yektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim.

Ilmiy-tadqiqot:

Seysmik ta’sirlar ostida binolar va inshootlar ishonchliligini baholash, konstruksiyalarning dinamik xususiyatlarini tadqiq qilish, eksperimental va nazariy izlanishlar olib borish, hisoblash modellarini yaratish, mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish hamda ularni amaliyotga joriy etish. ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda qurilish sohasidagi yangi ilmiy-texnik yutuqlarni o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etish. ekspremental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug’ullanadi.

Loyihalash va muhandislik:

Turar-joy, jamoat, sanoat va maxsus inshootlarning zilzilabardosh konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish, seysmik hisoblarni bajarish, konstruksiyalarning mustahkamligi va bikrligini baholash, rekonstruksiya va kuchaytirish loyihalarini tayyorlash hamda muhandislik ekspertizasini amalga oshirish.

Pedagogik:

Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, o‘quv-uslubiy majmualar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish hamda ilmiy rahbarlik qilish.

Tashkiliy-boshqaruv:

Qurilish va loyihalash tashkilotlarida muhandislik ishlarini tashkil etish, seysmik xavfsizlik bo‘yicha ekspertiza ishlarini muvofiqlashtirish, qurilish sifatini nazorat qilish, ilmiy va innovatsion loyihalarni boshqarish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug’ullanadi.

Axborot-tahliliy:

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tashkilotning tashqi va ichki muhiti omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish, qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va boshqarish uchun maʼlumot toʻplash, tashkilotning ichki axborot tizimini yaratish va uning ishlashini boshqarish,  tashkilotning ichki hujjat aylanishi tizimini ishlab chiqish va boshqarish, tashkilotlar faoliyatining turli koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritish, loyihalar samaradorligini baholash, axborot-tahlil faoliyati natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash, boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash.

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr(2 yil) davomida jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.

 

Jami auditoriya soati:

 

-

1800 soat

Ilmiy faoliyat:

 

-

1800 soat

shundan:

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti

-

900 soat

 

Ilmiy-pedagogik ish

-

360 soat

 

Ilmiy amaliyot (stajirovka)

-

540 soat

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

45

1-3

Magistrlik dissertasiyasi himoya qilish

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti

6

4

Ilmiy amaliyot (stajirovka)

9

4

Attestatsiya

6

1-3

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi

6

1-4

Ta’tillar

25

1-4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1,3

GPA ko’rsatgichini hisoblash

1

2

 

Jami

100

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • Bir kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash va ilmiy amaliyot hamda tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

 

Похожие программы

Андижанский государственный технический университет

Гражданское строительство (по видам деятельности)

Магистр 2 год en uz ru

9 700 000 so'm

в год

Каршинский государственный технический университет

Гражданское строительство (по видам деятельности)

Магистр 2 год en ru

10 800 000 so'm

в год

Ташкентский международный университет финансового управления и технологий

Архитектура зданий и сооружений

Магистр 2 год en uz ru

22 500 000 so'm

в год

Ташкентский международный университет финансового управления и технологий

Гражданское строительство (по видам деятельности)

Магистр 2 год en uz ru

22 500 000 so'm

в год

Самаркандский государственный технический университет

Гражданское строительство (по видам деятельности)

Магистр 2 год en uz ru

14 400 000 so'm

в год

Самаркандский государственный технический университет

История и теория архитектуры

Магистр 2 год en uz ru

15 600 000 so'm

в год