WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Наманганский государственный технический университет

Компьютерная инженерия («Проектирование компьютерных систем», «Проектирование практических программных средств», «Информационные и мультимедийные технологии»)

Бакалавр Очная 4 год

О программе

60610300 – Kompyuter injiniringi
(bakalavriat ta’lim yo‘nalishi)

Tavsif:
Dastur kompyuter tizimlari va ularning apparat-dasturiy ta’minotini, mikroprotsessorli va o‘rnatilgan tizimlarni, kompyuter tarmoqlarini, multimedia texnologiyalarini, kompyuter tizimlari xavfsizligini, ma’lumotlar ilmini hamda kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish masalalarini qamrab oladi.

Kasbiy faoliyat obyektlari: avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik hamda dasturiy ta’minoti; avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari; raqamli texnologiyalar sohasidagi korxona va tashkilotlar; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tizimlari; axborotni qayta ishlash hamda mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy ta’minoti; dasturiy mahsulotlar, hisoblash texnikasi va apparat vositalari; axborot-kommunikatsiya tizimlarining texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish, joriy etish va ulardan foydalanish jarayonlari.

Mazkur yo‘nalish bitiruvchilari ishlab chiqarish, tashkiliy-boshqaruv, loyihaviy-konstruktorlik, axborot-tahliliy, muhandis-tadbirkorlik, multimedia texnologiyalarini qo‘llash, kompyuter tizimlari axborot xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish faoliyatlari bilan shug‘ullanishi mumkin:

ishlab chiqarish faoliyati: kompyuter injiniringiga oid muammolarni o‘rganish va ularning yechimlarini ishlab chiqish; zarur resurslarni rejalashtirish; korxona va tashkilotlar uchun kompyuter tizimlarini loyihalash va amaliyotga tatbiq etish; axborot xavfsizligini ta’minlash va multimedia texnologiyalarini qo‘llash; axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimlarining apparat-dasturiy vositalarini joriy etish hamda ekspluatatsiya qilish;

tashkiliy-boshqaruv va axborot-tahliliy faoliyat: axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish asosida mustaqil qarorlar qabul qilish; innovatsiyalarni joriy etish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish; ish rejalarini tuzish va natijalarni baholash; ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish; mahsulot va yechimlarning samaradorligini baholash hamda tahliliy hisobotlar tayyorlash;

loyihaviy-konstruktorlik faoliyati: hisoblash mashinalari arxitekturasini va apparat-dasturiy komplekslarni loyihalash; protsessorlar, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalarini tanlash; hisoblash jarayonlari uchun elektron sxemalarni ishlab chiqish; kompyuter, mikroprotsessorli va o‘rnatilgan tizimlarni modellashtirish, testlash, tekshirish, hujjatlashtirish va texnik qo‘llab-quvvatlash;

ixtisoslashgan muhandislik faoliyati: multimedia resurslari, kompyuter grafikasi, VR/AR va veb-dizayn yechimlarini ishlab chiqish; tarmoq va operatsion tizimlar xavfsizligi, foydalanishlarni boshqarish, kriptografiya va zararli dasturlar tahlili bo‘yicha himoya choralarini qo‘llash; mashinali o‘qitish, intellektual tahlil, ma’lumotlarni vizuallashtirish va katta ma’lumotlar texnologiyalaridan foydalanish; 3D modellashtirish, animatsiya va kompyuter o‘yinlarini yaratish;

pedagogik faoliyat imkoniyati: bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgach, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari hamda professional ta’lim muassasalarida vakolatli boshqaruv organlari belgilaydigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishlari mumkin.

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr(4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 3150 soat

Malakaviy amaliyot: 900 soat

Davlat attestatsiyasi: 120 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

15

8

Attestatsiya

21

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

6

8

Ta’tillar

49

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

5

1,2,3,5,7

GPA ko’rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

204

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

Похожие программы