WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualitĂ©s
23 févrierfévrierfévrier 2026 10 vues

🌟 Yutuq – bu mehnatning eng go‘zal e’tirofi!

🎓Bugun bilim, izlanish va qat’iyat tantana qildi! Nomdor stipendiatlarni taqdirlash marosimi yuqori kayfiyat va faxr tuyg‘usi ostida bo‘lib o‘tdi.

🔔 Iqtidorli talabalarimiz sahnaga ko‘tarilar ekan, ularning ortida turgan eng katta kuch – Ota-onalar va ilmiy rahbarlar mehnati ham e’tirof etildi. Ularga tashakkurnoma va gullar topshirilib, samimiy minnatdorlik bildirildi. 🌾
 

Shuningdek, Nomdor stipendiyaga hujjat topshirib, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan 6 nafar talaba alohida taqdirlandi. Bu – nafaqat shaxsiy yutuq, balki ta’lim muassasamiz nufuzi va salohiyatining yana bir yorqin isboti!



💬 Biz iqtidorni qo‘llab-quvvatlaymiz.
💬 Biz yutuqlarni qadrlaymiz.
💬 Biz kelajak liderlarini tarbiyalaymiz.

🚀 Oldinga, yanada katta marralar sari!

Autres actualités