WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
07 juinjuinjuin 2026 9 vues

“Yangi O‘zbekiston” universiteti professori nufuzli xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti dotsenti Amir Jafari sun’iy intellekt, o‘yinlar nazariyasi va ko‘p agentli tizimlar sohasidagi fundamental ilmiy tadqiqotlari uchun 2026 IFAAMAS Influential Paper Award mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofot unga Brown University professori Amy Greenwald bilan hammualliflikda yaratilgan ilmiy maqola uchun topshirildi.

Mazkur mukofot 2026-yil may oyida Kiprning Pafos shahrida bo‘lib o‘tgan AAMAS 2026 (International Conference on Autonomous Agents and Multiagent Systems) xalqaro konferensiyasi doirasida taqdim etildi. Ushbu anjuman sun’iy intellekt va ko‘p agentli tizimlar bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli ilmiy platformalardan biri hisoblanadi.

Mazkur yutuq “Yangi O‘zbekiston” universitetida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning xalqaro miqyosdagi e’tirofi bo‘lib, universitetning sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi ilmiy salohiyatini yana bir bor namoyon etadi.

Professor Amir Jafarini ushbu yuksak xalqaro mukofot bilan samimiy tabriklaymiz!

Autres actualités