WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
06 juinjuinjuin 2026 4 vues

“Yangi O‘zbekiston” universiteti Hong Kong bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Hong Kong Maxsus Ma’muriy Hududi Bosh ijrochi rahbari Jon Li boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Hong Kong vakillari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
 
Bugungi kunda Hong Kong Osiyoning yetakchi moliyaviy, texnologik va innovatsion markazlaridan biri hisoblanadi. Delegatsiya tashrifi davomida Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi o‘rtasidagi iqtisodiy, ilmiy va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda dunyoning yetakchi ta’lim va innovatsiya markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlarni davom ettirmoqda.

Autres actualités