WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
24 avrilavrilavril 2026 6 vues

Turkiyada xalqaro tajriba: universitet dotsenti Ege universitetida malaka oshirdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi dotsenti Utegenova Sarbinaz Turdimuratovna shu yilning 20-martidan 20-aprel kunlari Turkiyaning Ege universitetida xalqaro stajirovka dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi dotsenti Utegenova Sarbinaz Turdimuratovna shu yilning 20-martidan 20-aprel kunlari Turkiyaning Ege universitetida xalqaro stajirovka dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi. Ushbu dastur davomida ilmiy-tadqiqot faoliyati, ta’lim jarayonlarini tashkil etish va zamonaviy boshqaruv yondashuvlari chuqur o‘rganildi. Shuningdek, universitet fakulteti dekani, professor Dilek Demirxan bilan buxgalteriya hisobi, audit va xalqaro ta’lim standartlari bo‘yicha samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Amaliyot jarayonida dotsent S.Utegenova tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi va "Nova Global Innovation and Science Collaboration Symposium" xalqaro simpoziumida faol ishtirok etdi. Bundan tashqari, KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Amaliyot yakunida barcha belgilangan vazifalar yuqori darajada bajarilib, dotsent S.Utegenova sertifikat bilan taqdirlandi. Ushbu xalqaro stajirovka universitetda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

\

Autres actualités