WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
08 maimaimai 2024 74 vues

Talabalar va ish beruvchi tashkilot vakillarining muloqotlari o‘tkazildi

Akademiyada ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar o‘rtasida muloqot o‘tkazildi

Bugungi kunda yurtimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ustuvor masala sanaladi. Zero, aynan yoshlar mamlakat salohiyatini tashkil qiladi. Mehnat bozorida yoshlarga munosib ish oʻrinlarini topib berish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. 

Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023-2024-oʻquv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar oʻrtasida bevosita muloqotini taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi oʻtkazildi. 

Rasmiy marosimlardan soʻng ishga tanlov yuzasidan ish beruvchilarning bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari tashkil etildi. Mazkur jarayonda 50 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Hadis ilmi maktabi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti,  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy arxivi, Toshkentdagi Webster universiteti, Yangi asr universiteti, Oriental universiteti va boshqa ko‘plab hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdilar. 

Autres actualités