WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
10 janvierjanvierjanvier 2026 12 vues

SINOWAY FOREST kompaniyasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

Avval xabar berganimizdek, o‘tgan yili Respublikamizda Xitoy Xalq Respublikasining "SINOWAY FOREST" kompaniyasi Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikda ANSO-CR-KP-2021-13: "Orolbo‘yi mintaqasining cho‘l va nordon tuproqlarida ekologik tiklash" nomli xalqaro pilot loyiha o‘z ishini boshlagan edi

Avval xabar berganimizdek, o‘tgan yili Respublikamizda Xitoy Xalq Respublikasining "SINOWAY FOREST" kompaniyasi Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikda ANSO-CR-KP-2021-13: "Orolbo‘yi mintaqasining cho‘l va nordon tuproqlarida ekologik tiklash" nomli xalqaro pilot loyiha o‘z ishini boshlagan edi. 2026-yilning 10-yanvar kuni kompaniya direktori va bir necha a’zolari Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurib, joriy yilda qilinadigan ishlarni kelishib oldi. Universitet rektori, professor Berdiyar Jollibekov bilan birga Nukus tumaniga borib tajriba maydonini o‘rganib chiqdi. 12-yanvar kuni pilot loyihaning ishtirokchilari bo‘lgan Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar xorijiy mehmonlar bilan hamkorlikda Nukus tumani hududida 1 gektar maydonga cho‘lga moslashgan o‘simlik urug‘larini ekish ishlarini boshlab yubordi. 19-yanvar kuniga qadar davom etgan dala ishlarida loyiha ishtirokchilari "SINOWAY FOREST" kompaniyasi mutaxassisi Shoukat Muhammad boshchiligida cho‘lga chidamli saksovul va qorabaroq o‘simliklari urug‘lari ekildi. Amalga oshirilayotgan ushbu investitsiya loyihasi Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish va cho‘llanish muammosining oldini olish uchun qo‘yilgan katta qadamning yaqqol tasdig‘i bo‘ladi.

\

Autres actualités