04 juinjuinjuin 2026
9 vues
ODTI TALABALARI “TALABA FEST”DA YANA BIR BOR YETAKCHILIKNI NAMOYON ETDI!
Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan “Talaba fest” yoshlar festivalida Olmaliq davlat texnika instituti talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Festival doirasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida ODTI terma jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🎓 Ushbu natija talabalarimizning bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligining yana bir yorqin isboti bo‘ldi.
👏 G‘olib jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi intellektual musobaqalarda ham ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✔️ Olmaliq davlat texnika instituti — bilim, innovatsiya va yuksak marralar sari.