WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
04 juinjuinjuin 2026 9 vues

ODTI TALABALARI “TALABA FEST”DA MUTLAQ YETAKCHILARDAN BIRI BO‘LDI!

Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan nufuzli “Talaba fest” yoshlar festivalida Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi faol ishtirok etib, bilim, iste’dod, sport mahorati va intellektual salohiyat borasida yuksak natijalarni qayd etdi.

Turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlarda institutimiz talabalari o‘zlarining har tomonlama salohiyatini namoyon etib, quyidagi yutuqlarga erishdilar:

🥇Mini futbol — 1-o‘rin
🥇Zakovat — 1-o‘rin
🥇Shaxmat — 1-o‘rin
🥇Shashlik Day — 1-o’rin
🥈Voleybol — 2-o‘rin
🥈Mushoira — 2-o‘rin
🥈Munozara bahslari — 2-o‘rin
🥈Shashka — 2-o‘rin

🎓 Mazkur natijalar Olmaliq davlat texnika institutida yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sifati, intellektual muhit hamda talabalarning sport, ijod va ilm-fan yo‘nalishlaridagi yuksak salohiyatining yana bir yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

👏 Festival davomida institutimiz sharafini munosib himoya qilgan barcha talabalarimiz, murabbiylar va ustozlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz.

🚀 Olmaliq davlat texnika instituti — bilim, iste’dod va g‘alabalar maskani!

Autres actualités