WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
16 octobreoctobreoctobre 2024 11 vues

“Men zo‘ravonlikka qarshiman” shiori ostida insholar tanlovi o‘tkazildi.

16-oktabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti talaba qizlari o‘rtasida Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan “Men zo‘ravonlikka qarshiman” shiori ostida insholar tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi zo‘ravonlikka qarshi kurashish, talaba qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlashdan iboratdir.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini erkin ifoda etib, turli yo‘nalishlarda zo‘ravonlikning oldini olish haqida ijodiy insho yozishdi. G‘oliblar institut ma’muriyati tomonidan taqdirlanib, ularning yozgan ishlari keng jamoatchilikka namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbir talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilib, ularni jamiyatda muhim masalalarga e’tibor qaratishga undaydi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Autres actualités