đ Maânaviyat, sanâat va tarix uygâunlashgan unutilmas sahna!
1ïžâŁ Bugun Olmaliq davlat texnika institutida oâtkazilgan 9-may â Xotira va qadrlash kuni tadbiri doirasida institutning âIbratâ talabalar teatr studiyasi tomonidan xalqimiz ardogâidagi shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub âQora quyoshâ spektakli namoyish etildi.
đ Sahna asari tadbir mehmonlari va talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirib, urush yillarining og‘ir sinovlari, inson matonati, Vatanga muhabbat va fidoyilik tuyg‘ularini ta’sirchan badiiy talqin orqali yoritib berdi.
đŹ Yosh ijodkorlarning professional mahorati, obrazlarga chuqur kirib borishi hamda sahnadagi jonli ijrosi tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
âš “Qora quyosh” — bu shunchaki spektakl emas, balki tarixni his qilish, ajdodlar jasoratini anglash va tinchlikning qadriga yetishga chorlovchi ma’naviy saboq bo‘ldi.
Bugungi chiqish yana bir bor isbotladi:
đ ODTI yoshlari — nafaqat ilm-fan, balki san’at va ma’naviyat maydonida ham yetakchi!
đ “Ibrat” teatr studiyasi ijodkorlariga yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!