WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
11 maimaimai 2026 19 vues

Budapesht metropoliten universiteti professori hamda Yevropa innovatsiyalar kengashi eksperti, doktor Yudit Hegedus universitetimizda xizmat safari bilan boʻlib turibdi.

Budapesht metropoliten universiteti professori hamda Yevropa innovatsiyalar kengashi eksperti, doktor Yudit Hegedus universitetimizda xizmat safari bilan boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida vengriyalik olima dastlab xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Ibrat Ismoilov bilan muzokara olib bordi. Muloqot chogʻida har ikki tomon uchun manfaatli hamkorlkining muhim jihatlari muhokama qilindi.


 
Doktor  Yudit Hegedus tomonidan moliya, korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori hamda investitsiyalarni boshqarish taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun “Xalqaro valyuta bozorlari” fanidan 14 soatlik dars mashgʻulotlari olib borilmoqda.
 
Mazkur mashgʻulotlar xalqaro valyuta bozorlari, xususan, Foreks bozorining faoliyati va uning jahon iqtisodiyotidagi oʻrnini oʻrganishga bagʻishlangan. Darslar jarayonida tinglovchilarga moliyaviy risklarni boshqarish, xalqaro investitsiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda global moliyaviy muhitda faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan nazariy va amaliy bilimlar taqdim etilmoqda.
 
Taʼkidlash joizki, jahondagi eng yirik va yuqori likvidli moliyaviy bozor hisoblangan valyuta bozorining dinamikasini chuqur anglash investorlar, biznes vakillari hamda iqtisodiy siyosat yurituvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Autres actualités