WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Université Technique d'État de Namangan

Génie logiciel

Célibataire À temps plein 4 ans

À propos de la formation

60610400 – Dasturiy injiniring

Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi – axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, raqamli xizmatlar va IT tizimlarini yaratish sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘z ichiga zamonaviy dasturlash tillari, dasturiy tizimlar arxitekturasi, ma’lumotlar bazalari, sun’iy intellekt elementlari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, testlash va joriy etish texnologiyalarini o‘zlashtirishni qamrab oladi.

 

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:

  • dasturiy ta’minot yaratish va ularning ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash uslublari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
  • dasturiy ta’minot ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
  • ishlab chiqarish jarayonida sifatni boshqarish;
  • ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish;
  • birlamchi konstruktorlik, texnologik yoki ishlab chiqarish guruhlari ishini tashkil qilish va uni boshqarish;
  • bajarilayotgan faoliyat bo‘yicha ish rejasini tuzish, uni bajarish va nazorat qilish hamda natijalarni baholash;

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida:

  • dasturiy ta’minot yaratish, avtomatlashtirilgan tizimlar vositalari, dasturiy mahsulotlarni sinash va ekspluatatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish;
  • bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik hamda imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiq qilish;
  • loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • amaliyotda axborot texnologiyalarining xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni, instrumental hamda hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qo‘llash;

Foydalanish va servis xizmati ko‘rsatish faoliyatida:

  • dasturiy ta’minot tizimlaridan foydalanish va ularni tuzatish;
  • axborot-kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini qurish hamda montaj qilishda ishtirok etish, ularni maxsus vositalar yordamida boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lish;

Ishlab chiqarish-sozlash faoliyatida:

  • namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash;
  • dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish;
  • ishlab chiqarish jarayonlarida atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligini ta’minlash;
  • ilmiy va amaliy faoliyatda sohaga mos tizimlarni rivojlantirish va ulardan foydalanish;
  • axborot-kommunikatsiya tizimlarining texnik vositalari, qurilmalari, uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimlarini yig‘ish hamda ishga tushirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va bajarish;

Konsalting xizmati faoliyatida:

  • dasturiy injiniring sohasida mavjud holatning tahliliy sharhini ishlab chiqish;
  • tayyorgarlik ixtisosligiga mos mavzular bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish

 kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug’ullanadi.

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 3120 soat

Malkaviy amaliyot: 900 soat

Mustaqil ta’lim: 3180 soatni tashkil etadi

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

15

            8

Attestatsiya

21

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

8

8

Ta’tillar

47

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

5

1,3,5,7

GPA ko’rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

204

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

Formations similaires