WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Université Technique d'État de Namangan

Ingénierie de l'impression et de l'emballage

Célibataire À temps plein 4 ans

À propos de la formation

60710300 – Matbaa va qadoqlash muhandisligi

Tavsif:
Ushbu ta'lim dasturi fan va texnika, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarining zamonaviy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, qadoqlash materiallari va buyumlarini loyihalash, poligrafiya uskunalaridan samarali foydalanish, qadoqlash jarayonlarini avtomatlashtirish, mahsulot sifatini nazorat qilish, ekologik xavfsiz qadoqlash texnologiyalarini joriy etish, resurs va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq kompleks masalalarni qamrab oladi.

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

 ishlab chiqarish: Matbaa korxonalari, nashriyotlar, qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyo va yengil sanoat korxonalarining qadoqlash bo‘limlari, reklama va dizayn studiyalari hamda poligrafiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda texnolog, ishlab chiqarish muhandisi, qadoqlash muhandisi, operator, sex ustasi, sifat nazorati muhandisi va texnologik jarayonlar muhandisi sifatida faoliyat yuritish; matbaa va qadoqlash texnologik uskunalarini ekspluatatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va mahsulot sifatini ta'minlash.

loyiha-tahliliy: Matbaa va qadoqlash korxonalarini loyihalash, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy poligrafiya uskunalarini tanlash, qadoqlash konstruksiyalarini loyihalash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya va resurslarni tejashga qaratilgan texnologiyalarni joriy etish, texnik-iqtisodiy tahlillarni amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish.

ilmiy-tadqiqot: Matbaa va qadoqlash materiallarining xossalarini o‘rganish, yangi qadoqlash materiallari va bosma texnologiyalarni yaratish, mahsulot sifati va xavfsizligini baholash, laboratoriya va sanoat sinovlarini tashkil etish, raqamli bosma texnologiyalarni rivojlantirish, ekologik qadoqlash yechimlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish hamda innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 6150 soat

Malkaviy amaliyot: 900 soat

Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

15

6

Attestatsiya

21

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

50

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

5

1,3,5,7

GPA ko’rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

204

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

Formations similaires