WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Karshi state technical university

Exploitation des ouvrages hydrauliques et des stations de pompage

Célibataire À temps plein 4 ans

À propos de la formation

60811300 – Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish-ta'lim yo'nalishi suv xo'jaligi tizimidagi gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari va gidromexanik uskunalarni samarali ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash hamda rekonstruksiya qilish bo'yicha yuqori malakali muhandislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu yo'nalish irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining ishonchli ishlashini ta'minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishga ixtisoslashgan.

Ta'lim jarayonida talabalar gidravlika, gidrologiya, gidrotexnika inshootlari, nasos va nasos stansiyalari, suv taqsimlash tizimlari, gidromexanik uskunalar, elektr ta'minoti, avtomatlashtirish, texnik diagnostika, ekspluatatsiya va ta'mirlash texnologiyalari, ekologiya hamda mehnat muhofazasi fanlari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ladilar. Shuningdek, zamonaviy loyihalash dasturlari, raqamli monitoring va boshqaruv tizimlaridan foydalanish ko'nikmalarini egallaydilar.

Formations similaires