WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Université Technique d'État de Namangan

Génie industriel léger.

Célibataire À temps plein 4 ans

À propos de la formation

Yengil sanoat muhandisligi

Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi - yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, zamonaviy texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilish, texnologik jihozlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, avtomatlashtirish va takomillashtirish bilan bog‘liq muhandislik faoliyatini qamrab oluvchi bakalavriat ta’lim dasturidir. Ta’lim dasturi doirasida talabalar paxta va ipak mahsulotlari, yigirilgan ip, to‘qima, trikotaj, noto‘qima va gilam mahsulotlari, tikuv buyumlari, charm va mo‘yna hamda charm buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, ularning xom ashyolari, materiallari, texnologik mashina va jihozlari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mahsulot sifatini boshqarish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, innovatsion texnologiyalar hamda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Ta’lim dasturi zamonaviy yengil sanoat korxonalarida xom ashyoni qabul qilish va saqlashdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan texnologik jarayonlarni tashkil etish, texnologik jihozlarni boshqarish, texnologik parametrlarni tanlash va sozlash, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq kompleks muhandislik masalalarini o‘z ichiga oladi.

Bitiruvchilar davlat va nodavlat tashkilotlari, yengil sanoat korxonalari, ishlab chiqarish birlashmalari, kompaniya va firmalarda muhandis-texnolog sifatida faoliyat olib borishlari mumkin. Pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgan bitiruvchilar professional ta’lim muassasalarida tegishli umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish faoliyati bilan ham shug‘ullanish huquqiga ega.

Yuqоrida keltirilgan yengil sanoat muhandisligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyati ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv, loyihaviy-konstruktorlik va axborot-tahliliy faoliyatlarni qamrab oladi.

Ishlab chiqarish va tashkiliy-boshqaruv faoliyati: yengil sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish; mavjud texnologiya va texnik vositalardan samarali foydalanish; xom ashyo, yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini nazorat qilish; ishlab chiqarish jarayonlari va zarur resurslarni rejalashtirish; texnologik jihozlarning ish ko‘rsatkichlarini baholash va ularning samaradorligini oshirish; mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; ishlab chiqarishning birlamchi bo‘g‘inlari faoliyatini tashkil etish va boshqarish; texnologik jarayonlarning mehnat muhofazasi, texnika, yong‘in va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlash.

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyati: yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash; texnologik jarayonlar va mehnatni tashkil etish; ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish; loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish; texnologik uskunalar va ishlab chiqarish tizimlarini tanlash; zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter grafikasi, hisoblash vositalari va kasbiy dasturiy ta’minotdan foydalanish; xalqaro va kasbiy standartlarni amaliy faoliyatga tatbiq etish.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati: respublika va xorijda chop etilgan yengil sanoat texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlarni o‘rganish; ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish; tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy-texnik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish; nazariy va eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanish; olingan natijalarni tahlil qilish; yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish hamda ilmiy-tadqiqot natijalari va ishlanmalarni ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etishda ishtirok etish.

Axborot-tahliliy faoliyat: ishlab chiqarish va texnologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish; loyihalar samaradorligini baholash; ishlab chiqarish jarayonlari monitoringini olib borish; mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish; axborot-tahliliy faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash hamda qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash.

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 6150 soat

Malkaviy amaliyot: 1050 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 7

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

18

4,6,8

Attestatsiya

21

1 – 7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

45

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

7

1-7

GPA ko’rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

204

   

 

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi

 

Formations similaires