WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Université Technique d'État de Namangan

Barqaror transport

Célibataire À temps plein 4 ans

À propos de la formation

Barqaror transport

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sоhasidagi yo‘nalish bo‘lib,  u o‘z ichiga – Barqaror transportni tashkil etish, atrof-muhitga zararni kamaytirish, havo sifati va iqlim o‘zgarishlari, qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanish, transport harakati tirbandliklari va xavfsizligi, shuningdek transport siyosati texnologiyalari va ularni oqilona rejalashtirish bilan bog‘liq kompleks masalalar va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda monitoring qilishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

Kasbiy vazifalari: 60711900 - Barqaror transport ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq, bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni samarali bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

muhandislik va loyiha-konstruktorlik faoliyati:

barqaror transport muhandisligi sohasida bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilish; barqaror transport qismlari namunalarini eksperimental tadqiq qilish va o‘lchash vositalari hamda metodlarini tanlash, konstruktiv, muhandislik va texnik-iqtisodiy hisob usullarini ishlab chiqish, mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish; barqaror transport qismlari va detallari va yig‘ma birliklari loyihasini ishlab chiqish qobiliyatlari; barqaror transport turlarini diagnostikalash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qobiliyatlari; loyihaviy va dasturiy hujjatlami ishlab chiqish; barqaror transport va shaharsozlikni simulyatsion modellashtirish, transport oqimi, tirbandligi, to‘xtab turish joy lari, jamoat transport! va harakat xavfsizli tizimlarini loyihalash va modellashtirish ishlarini bajarish qobiliyati; muhandislik va loyiha-konstruktorlik faoliyati davomida axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini sohaga mos ravishda qo‘llash qobiliyatlarini o‘zlashtirish.

tashkiliy-boshqaruv va rejalashtirish faoliyati: barqaror transport va shaharsozlikni rejalashtirish, yashil transport infratuzilmalarini tashkil etish orqali zarari kam bo‘lgan transport harakatlarini ishlab chiqish va monitoring qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish va transport xavfsizligi talablariga rioya qilish talablaridan kelib chiqqan holda barqaror transport faoliyatini baholash va nazorat qilish; barqaror transport sohasida sifatni boshqarish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish va boshqarish; fikrlar xilma-xilligi sharoitida boshqaruv qarorini qabul qilish; bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirishda erishilgan natijalarini baholash; kasbga oid muammolarning yechimlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; olib boriladigan faoliyat bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarilishini nazorat qilish hamda amalga oshirgan ishining natijalarini baholash; eksperimental tadqiqot metodlarini tanlash, konstruktiv, muhandislik va texnik-iqtisodiy hisob usullarini ishlab chiqish, mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish; barqaror transport siyosatini olib borish; boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash.

foydalanish-servis faoliyati: muhandislik ishi ta’lim sohasiga tegishli barqaror transport, uni tashkil etish va rejalashtirish va yashil transport faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan transport turlaridan foydalanish, ularning ekspluatatsiyasi, diagnostikasi, servisi, sinash ishlari va boshqa muhandislik ishlarini samarali tashkil etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash.

ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

respublika va xorijda chop etiladigan barqaror transport va ekologiyaga zarari kam bo‘lgan yashil texnologiyalarni joriy qilishga oid ilmiy-texnik axborotlarning ilmiy manbalaridan foydalanish; muhandislik ishi ta’lim sohasidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy-texnikaviy manbalarda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi axborotlarning ilmiy manbalarini o‘rganish va tahlil etish; soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etish; mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish; ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etish; zamonaviy metodlar va vositalardan foydalanib, faoliyat obyektlari holatini tahlil qilishda ishtirok etish; muhandislik ishi sohasidagi barqaror transport faoliyatiga oid obyektlar, jarayonlar, tizimlar, jihozlar va texnik vositalarni loyihalash, ishlab chiqish, xizmat ko‘rsatish, sinash va ulardan samarali foydalanishda ishtirok etish; shaharsozlikda transport harakatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan fundamental, amaliy va innovatsion hamda Start-Up loyihalarda ishtirok etish; ilmiy asoslangan ma’lumotlardan muhandislik soha tarmoqlarida samarali foydalanish.

axborot-tahliliy faoliyatida:

amaliy faoliyatda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari va vositalaridan foydalanish; loyihalar samaradorligini baholashda tahliliy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish; axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

 

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:

240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

Jami auditoriya soati: 6180 soat

Malakaviy amaliyot: 1020 soat

Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1–7

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi

Malakaviy amaliyot

19

7,8

Attestatsiya

21

1–8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

8

8

Ta’tillar

43

1–8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

5

1,3,5,7

GPA ko‘rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

204

   

 

Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

 

Formations similaires