WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
07 abrilabrilabril 2026 11 visitas

Xitoy Xalq Respublikasi kompaniyalari vakillari bilan ilmiy va innovatsion hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoy Xalq Respublikasining yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Guangdong Feifanhaimei Media Co., Ltd kompaniyasi bosh direktori (CEO) Chen Chuxun, Guangdong Yuanquan Biology Co., Ltd kompaniyasi bosh direktori (CEO) Dr. Xe Linyuy, kompaniyaning xalqaro direktori Rey Chjen, marketing bo‘yicha direktor Chjo Szyunshen va logistika bo‘yicha direktor Li Lichji ishtirok etdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoy Xalq Respublikasining yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Guangdong Feifanhaimei Media Co., Ltd kompaniyasi bosh direktori (CEO) Chen Chuxun, Guangdong Yuanquan Biology Co., Ltd kompaniyasi bosh direktori (CEO) Dr. Xe Linyuy, kompaniyaning xalqaro direktori Rey Chjen, marketing bo‘yicha direktor Chjo Szyunshen va logistika bo‘yicha direktor Li Lichji ishtirok etdi. Tashrif doirasida mehmonlar universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdi. Muloqot davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, ayniqsa, dorivor o‘simliklarni o‘rganish, ularni qayta ishlash va amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar bu borada qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, konferensiyalar o‘tkazish, tajriba almashish, talabalar va yosh olimlar uchun stajirovkalar tashkil etish hamda innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni izchil rivojlantirishga kelishib olindi. Ushbu tashrif universitetning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochishi bilan ahamiyatlidir.

Más noticias