WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
28 abrilabrilabril 2026 9 visitas

Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Joriy yilning 28-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi "LinkWise" kompaniyasi vakillari Mr. Fan va Mr. Wu Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashdi.

Joriy yilning 28-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi "LinkWise" kompaniyasi vakillari Mr. Fan va Mr. Wu Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida kelgusida amalga oshiriladigan loyiha uchun zarur bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasidan yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston yoshlari o‘rtasida sun’iy intellekt sohasiga qiziqishni oshirish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Ushbu muloqotning amaliy davomi sifatida bugun, 29-aprel kuni Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov Taqiyatosh tumanida LinkWise MCHJ QK tomonidan qurilayotgan zamonaviy "Modulli intellektual hisoblash markazi" qurilish maydonida bo‘ldi. Tashrif davomida markazning texnik imkoniyatlari, zamonaviy infratuzilmasi va istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

Más noticias