WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
18 abrilabrilabril 2024 11 visitas

SHDPI REKTORINING TURKIYA OLIYGOHLARIGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. Jamshid Shonazarov Turkiya Respublikasining Tokat Gaziosmonpasha Universiteti Prof.dr. Rasim Kochyiğit bilan uchrashdi.

Tokat Gaziosmonpasha Universiteti Shahrisabz davlat pedagogika institutining horijiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Fan va taʼlim sohasida yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, o‘quv, uslubiy va ilmiy adabiyotlar almashinuvi maqsadida imzolangan memorandum doirasida ikkala oliygoh o'rtasida Turkiyada ilk uchrashuv tashkil etildi.

Tashrif doirasida har ikkala tomon vakillari o'rtasida tanishuv olib borildi hamda o'zlarining akademik dasturlari va tadqiqotlari haqida ma'lumotlar almashishdi. Uchrashuv davomida J.Shonazarov Shahrisabz institutning bugungi kundagi faoliyati va rivojlanish istiqbollari haqida so'zladi. Xususan, institutdagi ta'lim yo'nalishlari, talabalarning ta'lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy ARM,  shuningdek, ilmiy faolyat borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berdi. Tashrif natijasida aloqalar mustahkamlanib, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.

Shu kunning o'zida Jamshid Shonazarov Turkiya Respublikasining Tokat Gaziosmonpasha Universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Dotsent Shahin Suzen, Turk dunyosi tadqiqotlari tadqiqot markazi direktori Prof.Dr.Ömer Faruk Sönmez bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mavjud hamkorlik aloqalari doirasida oʻzaro tashriflar, Erasmus+ grant dasturi asosida  professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, qoʻshma taʻlim hamda qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo'yicha muzokaralar olib borildi. Mazkur tashkil etilgan uchrashuvlar Institutning ilmiy salohiyati, o‘qitish metodologiyasini va tajribasini oshirishga xizmat qiladi.

 

Más noticias